"Qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi 1929 yili O`rta Osiyo paxtachilik-irrigatsiya politexnika instituti (SAXIPI) tarkibida tashkil topgan bo`lib, unda Respublikaning dastlabki quruvchi-muhandislari ta`lim olgan.  Bu o`z navbatida Respublikamiz tarixida qurilish sohasida oliy ma`lumotli kadrlar tayyorlash jarayonini boshlab berdi.  1931 yili kafedra O`rta Osiyo qurilishi institutining keyinchalik еsa SazPI va ToshPIning ixtisoslashtirilgan kafedrasiga aylandi.  Kafedrani 1949 yilgacha t. f. n.  dots.  Neron V. N. , ko`p yillar (1948-1988 yy. ) davomida prof.  A. B. Ashrabov rahbarlik qilgan. 1970-80 y. y.  quruvchi-muhandislarga talab oshganligi munosabati bilan kechki va sirtdan o`qiyotgan talabalarni soni ko`payishi natijasida 1972 yilda "Qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi tarkibida kechki va sirtqi talabalari uchun "Bino konstruktsiyalari” kafedrasi ajralib chiqdi va 1990 yilda yana qayta qo`shildi.  1991 yilda Toshkent arxitektura-qurilish instituti tashkil еtilgach, "Qurilish konstruktsiyalari” va "Bino konstruktsiyalari” kafedralari asosida "Temirbeton va tosh konstruktsiyalari” va "Metall, yog`och va plastmassa konstruktsiyalari” nomli yangi kafedralar tashkil еtildi.  Bu ikki kafedraga prof.  K. I. Ruziyev, dots.  N. B. Shoumarovlar rahbarlik qildilar.  1997 yilda mazkur kafedralar birlashtirilib, "Qurilish konstruktsiyalari” kafedrasi qayta tashkil qilindi.

Kafedrani 1997-2006 yillarda t. f. d.  prof.  A. A. Xodjayev boshqardi.

Фанни ўқитишдан мақсад - магистрантларга бино, иншоот ва машина механизмларини устиворликка, мустаҳкамликка ва бикрликка ҳисоблашда, конструкция элементларига кесим юзалар танлаш ва уларни лойиҳалашда замоновий усуллардан самарали фойдаланишни ўргатишдан иборат. Фанни ўрганиш натижасида магистрантлар замонавий ҳисоблаш усулларини ўрганиш ва лойиҳалаш жараёнининг компьютер моделини тузишни билишлари ва уларни ечиш кўникмасига эга бўлишлари, шу билан бирга стандарт дастурлардан фойдаланиб ўз масалаларини ечиш имконига эга бўлишилари, замонавий амалий дастурлар ёрдамида муҳандислик ва иқтисодий масалаларни еча олишлари, мутахассислик масалаларини ечишда ахборот технологияларидан самарали фойдаланиш усулларини эгаллашлари керак.